Hozir u eng zo‘r hujumchi

  • 20 dekabr, 2022, 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” va Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Franchesko Totti  ayni paytda A Seriyaning eng zo‘r hujumchisi kimligini aytdi.

Tecno

Tottining o‘zi markaziy hujumchi bo‘lmagan. Shunga qaramay, Italiya chempionatida rimliklar safida 619 ta uchrashuvda maydonga tushib, 250 ta gol urgan.

O‘ylashimcha, A Seriyadagi eng zo‘r futbolchi Viktor Osimxen. U har doim kerak joyda paydo bo‘ladi. To‘pni qabul qilib olsa, albatta gol uradi. Eng muhimi, jamoa uchun o‘zini “qurbon” qila oladi.

Dushan Vlaxovichga biroz vaqt berishimiz kerak. Ertami, kechmi bu hujumchi ham o‘zini ko‘rsatadi, - dedi Franchesko Totti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!