
"Husanov bilan har kuni gaplashaman" - Fayzullaev
Abbosbek Fayzullaev "Match TV"ga bergan intervyusida "Manchester Siti"da Abduqodir Husanovni qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi.
- Husanovni o‘yinini kuzatib boryapsanmi?
- Ha, kuzatib boraman, aloqada bo‘lib turaman. Deyarli har kuni gaplashamiz. Unga hamma ishida omad tilayman. Butun O‘zbekiston bilan uni qo‘llab-quvvatlaymiz.
- U seni "Manchester Siti"ga taklif qilmadimi?
- Hozircha yo‘q, - dedi TsSKA yarim himoyachisi tabassum qilgan holda.
Ma’lumot uchun, Husanov qishki transferlar oynasida Frantsiyaning "Lans" jamoasidan Angliya klubiga o‘tgan edi. "Shaharliklar" safida 21 yoshli himoyachi 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar