Husanov jamoasi katta muammoni hal qildi

  • 26 iyul, 07:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” murabbiylar shtabini anchadan beri o‘ylantirib kelayotgan masalani ijobiy hal qildi. Gap shundaki, “shaharliklar” asosiy darvozabon Edersonga munosib o‘rinbosar qidirayotgan edi.

Tecno

The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar klubda tarbiyalangan golkiper Jeyms Traffordni ortga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Klub Traffordni 2023 yili 14 million funt evaziga “Byornli”ga transfer qilgan.

Endi “Manchester Siti” 22 yoshli darvozabonni beyarli ikki baravar narx – 27 million funt to‘lab, qayta sotib oldi.

Manbaga ko‘ra, Jeyms Trafford kelasi hafta boshida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va klub bilan shartnomani rasmiylashtiradi. “Siti” iqtidorli posbonga 5+1 ko‘rinishida bitim beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!