Husanov klub afsonasi o‘rnini egalladi!

  • 20 sentabr, 07:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich birinchi turida “Manchester Siti” o‘z maydonida Italiya chempioni “Napoli”ni qabul qilib, Erling Xoland va Jeremi Doku goli evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi, bu bahsda Abduqodir Husanov boshlag‘ich tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi va o‘ng qanot himoyasini mustahkam ushladi.

Nufuzli manba – cityxtra.co.uk sayti eksperti Edvard Byornett tahliliy maqolasida ushbu uchrashuvning beshta muhim voqeasiga alohida e’tibor qaratdi. Ulardan biri Husanovga oid.  

Sports.uz portali uchrashuvning beshta asosiy voqeasini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etadi.

Erling Xoland yondiryapti

Xoland haqiqiy fenomen. “Napoli” mustahkam himoyalanganiga qaramay, Erling mavsum boshidan beri barcha turnirlardagi 12-golini urdi. Qolaversa, italiyaliklar darvozasiga kiritilgan to‘p norvegiyalik forvard uchun Chempionlar ligasidagi 50-gol bo‘ldi. Xoland bu marrani eng qisqa muddat – 49 ta uchrashuvda zabt etdi va tarixiy rekord o‘rnatdi.

Ayni paytda Xoland sport formasining yuqori darajasiga chiqib oldi va ko‘rsatayotgan natijalari bo‘yicha  jahonning eng zo‘r hujumchisi bo‘lib turibdi.

“Oltin to‘p” sohibi Rodri o‘z qaytdi

Rodrining “Manchester Siti”ning eng muhim o‘yinchisi ekanini bilmaydiganlar bo‘lmasa kerak. Uning jarohat olib  qariyb bir yil safdan chiqqani o‘tgan mavsum jamoa  yuz tutgan inqirozining sabablaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Bu mavsum ispaniyalik futbolchi o‘zining yuqori sport formasini tiklashga harakat qilyapti. “Napoli” bilan bahsda Rodri yana maydon markazida xotirjam o‘ynab, mahoratini namoyish qildi. Agar Rodri mavsum davomida shunday o‘ynasa, “Siti”ni muvaffaqiyatga etaklashi aniq.

Jeremi Doku ochilib boryapti

Doku har doim talantli va dinamikasi kuchli o‘yinchi sifatida e’tirof etilgan. Biroq ilgari uni samaradorlik darajasi pastligi uyaltirib qo‘yardi.

Bu gal u ishonchli o‘yinlariga samaradorlikni uyg‘unlashtirib borayotgani ko‘zga tashlanyapti. “Manchester Yunayted” bilan bo‘lgan uchrashuvda ikkita assist qayd etgan belgiyalik futbolchi “Napoli”ga supergol urib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.

Doku shu formasini saqlab qolsa, uni yorqin kelajak kutyapti.

Husanov – klub afsonasini esga soldi

“Manchester Siti” 2025 yilning ikki transfer oynasi davomida olgan yangi o‘yinchilar orasida Frantsiyadan taklif etilgan va keng ommaga yaxshi tanish bo‘lmagan Abduqodir Husanov eng katta qiziqish uyg‘otgan futbolchi bo‘ldi.

Klubdagi faoliyatini biroz omadsizlik bilan boshlagan legioner qisqa fursatda yangi jamoaga moslashib oldi va eng zo‘r o‘yinchilar qatoriga qo‘shildi. Yozda “Milan”dan ijaradan qaytgan Kayl Uoker to‘liq “Byornli”ga o‘tib ketganidan keyin, Abduqodir eng zaif nuqtaga aylangan o‘ng qanot himoyasiga o‘tkazildi.  Aytish joizki, 21 yoshli futbolchi tezkorligi, kurashuvchanligi, ishtiyoqi, to‘pni egallab olish va himoyada ishonchli o‘ynay olish qobiliyati bilan bu pozitsiyani to‘liq egalladi.

Abduqodirning uslubi klub afsonasi Pablo Sabaletani esga solyapti va Xosep Gvardiolaga o‘ng qanot himoyasida ajoyib variant borligini ko‘rsatib qo‘ydi.

“Etixad” har doim Kevin de Bryuynening uyi bo‘lib qoladi

Bu uchrashuv “Manchester Siti”da 10 yillik faoliyatidan keyin “Napoli”ga o‘tgan  belgiyalik pleymeyker Kevin de Bryuyne uchun qadrdon arenaga qaytish imkonini berdi.

Kevin maydonga raqib libosida qadam bosgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar uni olqishlar bilan qarshi oldi.

Bu holat har qanday holatda ham Kevin de Bryuyne “Etixad” uchun qadrdon bo‘lib qo‘ladi. “Shaharlik” fanatlar uni har qanday klubda o‘ynashiga qaramay, iliq kutib oladi. Faqat “Manchester Yunayted”ga o‘tmasa bo‘ldi.

Fayzullaev o‘tishi mumkin bo‘lgan 30 dan ortiq klub bor edi...

Husanovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?

Husanov faoliyatida bunaqasi birinchi bor yuz berdi!

Husanov faoliyatida bunaqasi birinchi bor yuz berdi!

Gvardiola Husanov kelajagiga oydinlik kiritdi: Bu uzoq davom etmaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!