Fayzullaev o‘tishi mumkin bo‘lgan 30 dan ortiq klub bor edi...

  • 20 sentabr, 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishiga katta hissa qo‘shgan uch nafar futbolchi – Abduqodir Husanov, Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev faoliyati 2025 yilda jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutdi.

Tecno

Yosh himoyachi Husanovning yil boshida Frantsiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga o‘tgani nafaqat O‘zbekistonda, balki butun jahon futbolida yilning eng shov-shuvli transferlaridan biri bo‘ldi. Ayniqsa, APLning so‘nggi yillardagi eng qudratli klubi o‘zbek futbolchisi uchun 40 million evro to‘lagani hammaning e’tiborini Abduqodirga qaratdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan Eldor Shomurodovning “top-5” chempionatlar qatoriga kiruvchi A Seriyani tark etganini ham kutilmagan transfer sifatida qabul qilish mumkin. 30 yoshli forvard Turkiyaga ko‘chib o‘tishga rozilik berdi.  “Istanbul Bashakshehir” Shomurodovni keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oldi va bu muddat uchun rimliklarga 3 million evro to‘ladi.

Nihoyat, oxirgi ikki yilda nomi Germaniya, Ispaniya, Angliya, Frantsiya va Italiya klublari bilan bog‘langan Abbosbek Fayzullaev ham Evropa futboli sari jiddiy qadam tashladi. Biroq hujumkor futbolchimizning borar manzili “top-5” ligalar emas, balki o‘sha chempionatlar porlagan o‘yinchilarni o‘ziga chorlayotgan Turkiya Superligasi bo‘ldi.

“Istanbul Bashakshehir” o‘zbek futbolchisi uchun TsSKAga 7,5 million evro to‘ladi. Bu klub tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi.

Rossiyada yozgi transfer bozoridagi vaziyatni tahlil qilgan ProSports Management kompaniyasi rahbari German Tkachenko Abbosbek Fayzullaevning transferiga munosabat bildirib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, bu mashhur agent bir necha o‘zbek futbolchilarining manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.

- Bu gal ham futbol olamida Rossiyaga bo‘lgan munosabatning tizimli tarzda o‘zgargani kuzatilgani yo‘q. Angliya, Germaniya, Niderlandiya kabi mamlakatlarga transferlar yopiqligicha qoldi. Rossiyadagi futbolchilarning top-ligalar klublari bilan aloqa o‘rnatishi uchun geosiyosat yagona sabab emas, lekin bu vaziyatni og‘irlashtirayotgan eng katta omillardan biridir.

Buni Abbosbek Fayzullaevning TsSKAdan “Istanbul Bashakshehir”ga o‘tishi misolida ham ko‘rdik. Rossiya klublari bilan savdoni amalga oshirish juda og‘ir: ishlab turgan mexanizmlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, ayniqsa, pul o‘tkazish uchun juda qiyin va haftalab vaqt olishi mumkin. Xususanyu TsSKA ham sanktsiyalar tufayli eng qiyin vaziyatga tushib qolgan klublardan biri.

Aslida biz Fayzullaevni olishga qurbi etadigan va Abbos o‘tishga tayyor bo‘lgan ko‘plab klublar bilan gaplashganmiz va uchrashganmiz ham. Ro‘yxatimizdagi bu klublarning soni o‘ttizdan oriq edi. Xususan, “Benfika” ham bu transferni amalgat oshirishning imkoni yo‘qligini aytdi.

Balki ular Abbos o‘zbek ekanining farqiga bormagandir, tarkibida ukrainalik o‘yinchilar borligi uchun bu transferga qo‘l urishmagandir. Yoki ular Rossiya klublari bilan hamkorlik qilishga taqiq borligini darrov tushunib etishgan, - dedi German Tkachenko.

Aytish joizki, futbol ekspertlari avvaldan Rossiya klublaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri Evropaning top-ligalariga o‘tish qiyinligini, shu bois, Fayzullaev uchun Turkiya chempionati tramplin vazifasini o‘tab berishi mumkinligini ta’kdlab keladi.

Hozir esa, Abbosning oldida “Istanbul Bashakshehir”ning yangi bosh murabbiyi Nuri Shaxinning e’tiborini qozonish, jamoa asosiy tarkibidan joy olish, yorqin o‘yinlari bilan Evropa klublari nazariga tushish kabi dolzarb vazifalar turibdi.

Husanov klub afsonasi o‘rnini egalladi!

Husanovning o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?
Husanov faoliyatida bunaqasi birinchi bor yuz berdi!

Husanov faoliyatida bunaqasi birinchi bor yuz berdi!

Gvardiola Husanov kelajagiga oydinlik kiritdi: Bu uzoq davom etmaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!