
Husanov transferi bilan shug‘ullangan agent “Barsa”ga zo‘r hujumchi olib kelmoqchi
Abduqodir Husanovning transferi bo‘yicha ishlash uchun “Lans” tomonidan yollangan mashhur futbol agenti Jorje Mendesh endi “Barselona”ga o‘yinchi joylamoqchi.
Portugaliyalik mutaxassis o‘z hamyurti Rafael Leauni “Milan”dan olib ketishga qaror qilgan. Qishki transferlar davrida Mendesh o‘z mijozini Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga joylamoqchi bo‘ldi.
Biroq shayxlarning 70-85 million evro atrofida taklif qilgan badal puli milanliklarni qoniqtirgani yo‘q. “Milan” bilan amaldagi shartnomada Leauning badal summasi 175 million evro ekani ko‘rsatilgan.
Endi Leauning transferi yozga qoldi. Bundan unumli foydalanishni maqsad qilgan Jorje Mendesh hujumchiga “Barselona”dan ish topib bermoqchi. Qizig‘i shundaki, moliyaviy qiyinchiliklarni to‘liq bartaraf etib bo‘lmagan “Barselona” Leau uchun ham xarajat qilishi talab etiladi. Chunki futbolchining amaldagi bitimi hali uch yil davom etadi.
Fikrlar