Husanov "yashil chiroq" yonishini kutmoqda

  • 10 yanvar, 09:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Futbolchi ham "shaharliklar" safiga borib qo‘shilishga rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" jurnalisti Patrik Berger. 

Tecno

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Husanov "shaharliklar" safida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun "Lans" tomonidan "yashil chiroq" yonishini kutmoqda. 

Ta’kidlash kerak, "shaharliklar" futbolchimiz uchun bonuslari bilan 50 million evro to‘lashi kutilmoqda. Hamyurtimizning "Transfermarkt" portalidagi bahosi esa 12 million evro. 

Manbaga ko‘ra, "Siti"ning Husanovdan keyingi transfer maqsadi "Ayntraxt" a’zosi Omar Marmush bo‘lishi kutilmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!