
Husanovni yangi mavsumda nimalar kutyapti?
Frantsiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashishi kutilayotgan “Lans” yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq “Lans” darajasidagi klublarga etakchi o‘yinchilarini saqlab qolish har doim qiyin bo‘lgan.
O‘tgan yili klubni Loi Openda tark etdi va “Leyptsig” safida Bundesliganing eng yaxshi to‘purarlari qatoriga qo‘shildi. Endi lansliklarni tark etish navbati markaziy himoyachi Kevin Dansoga kelgan. Unga Angliya va Italiya klublaridan yaxshi takliflar bor.
“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com sayti klub muxlislariga “Kevin Dansoning himoyadagi etakchiligini Abduqodir Husanovga yuklash kerakmi?”, degan savol bilan murojaat qildi.
Frantsiyaliklar muxlislar bu savolga o‘z javobini bermoqda. Qisqa fursat ichida 30 nafardan ortiq futbol ishqibozlari Abduqodir Husanov bo‘yicha fikrini bildirgan.
Sports.uz portali anashu javoblardan ayrimlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
Polo5906:
Husanov himoyaning har uchala nuqtasida ham ishonchli o‘ynab kelayotganini o‘tgan mavsum davomida ko‘rdik. Yangi mavsum boshlanishi bilan uning reytingi keskin oshadi.
Riko21:
Abduqodir Kevin Dansoga birinchi raqamli o‘rinbosar. Mantiqan ham tanlov aynan Husanovda to‘xtashi kerak. Bu legioner jamoaga kelganidan beri bellashuvlarda kurashmoqda, bilmaganlarini o‘rganyapti, doim chaqiruvga tayyor.
U juda kam o‘ynadi, lekin shunda ham jamoadoshlari bilan yaxshi chiqisha olishini, vaziyatlarni to‘g‘ri baholashini ko‘rsatdi.
Tabiiyki, hammasi ham har doim ideal darajada bo‘lavermaydi. Diqqatini yo‘qotgan, vaziyatni boy bergan, raqibga aldanib qolgan holatlar ham bo‘ldi. Lekin uning salohiyati bu kabi kamchiliklarni yo‘qotishga etadi va o‘sish uchun muntazam o‘ynashi kerak.
Husanovning yoshidagi o‘zbek Belarus chempionatidan kelib, qisqa fursatda yangi jamoasiga to‘liq moslashdi. Bu uning qat’iyatli ekanini ko‘rsatadi. Biz muxlislarga Abduqodirning aynan qat’iyatli yigit ekani ko‘proq yoqadi.
Seb62:
Menda ozgina hadiksirash bo‘lsa ham, Husanovga imkon berish kerak, deb hisoblayman. Birinchidan, bu legioner bosh bilan o‘ynash sifatini oshirishi lozim. Ikkinchidan, juda shiddatli o‘ynaydi. Uning shiddatini to‘g‘ri yo‘naltirish talab etiladi. Lekin 20 yoshda jamoa himoya chizig‘ini boshqarish oson bo‘lmaydi.
Shunga qaramay, Husanov juda zo‘r futbolchi. Xato hammada ham bo‘ladi. Lekin soxta muxlislar uning birinchi xatosi tufayli bosim qilmasa bo‘ldi.
Bonaparte:
Husanov o‘tgan mavsumda bir necha marta xatoga yo‘l qo‘ydi, darvozamizga penalti keltirdi. 20 yoshida uni himoya chizig‘i etakchisi qilish noto‘g‘ri bo‘lsa kerak...
Mzt:
Qarib qolayotgan Jonatan Gradit o‘rniga o‘ynasin.
FD:
Bir yildan beri jamoada o‘ynab kelyaptimi, demak unga ishonch bildiradigan vaqt keldi. Ha, u xatolarga yo‘l qo‘ydi. Bunaqasi Fekundo Medina, Kevin Danso va Badeda ham bo‘lgan.
Lekin Husanovga imkon beradigan vaqt keldi. Bir mavsum muntazam asosiy tarkibda o‘ynashi vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartiradi.
Pierrot:
Husanovni himoya chizig‘i etakchiligini topshirish fikriga 200 foiz qo‘shilaman. U yosh, juda salohiyatli o‘yinchi. Har doim xatolarni tuzatib kelaganini ham inobatga olish kerak. Bu o‘yinchi kelajak uchun sarmoya. U o‘z vazifalarini mukammal uddalay olishi shart.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov o‘tgan mavsumda “Lans” safida Frantsiya chempionatida 11 marotaba maydonga tushdi. Shuningdek, UEFAning eng nufuzli musobaqalari – Chimpionlar ligasi va Evropa Ligasida ikkitadan bellashuvda qatnashdi.
Frantsiya oliy divizionining yangimavsumi 18 avgustdan boshlanadi. “Lans” futbolchilari ilk uchrashuvini Liga 1 debyutanti “Anje” maydonida o‘tkazadi.
Fikrlar