
Husanovning raqobatchisi Manchesterda! (Foto)
"Palmeyras" futbolchisi Vitor "Manchester Siti" futbolchisiga aylanish arafasida.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi bir necha soat avval "shaharliklar" tibbiy ko‘rigidan o‘tish uchun Braziliyadan Manchesterga yo‘l olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Siti" "Palmeyras" bilan uning transfer narxini 35 million evroga kelishgan.
Ta’kidlash kerak, o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov ham "shaharliklar" a’zosiga aylanish arafasida. Taniqli insayder Fabritsio Romano 40+10 million evro transfer summasi evaziga kelishuv imzolanganini tasdiqladi.
Fikrlar
бизаникилар агар танишбилишсиз булса, бемалол ютади! ногирон футболчиларимиз буни куп марта исботлаган