IBA jahon chempionati uchun 8.32 million dollarlik mukofot jamg‘armasi e’lon qilindi

  • 21.11.2025 16:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

2025 yil 2-13 dekabr kunlari Dubay shahrida boks bo‘yicha IBA jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa tarixdagi eng katta mukofot jamg‘armasiga ega turnirlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. IBA rasmiylari umumiy mukofot puli 8.32 million dollar etib belgilanganini ma’lum qildi.

Mukofot taqsimoti quyidagicha:

1-o‘rin: $300,000

2-o‘rin: $150,000

3-o‘rin: $75,000

5-o‘rin: $10,000

Har bir pul mukofoti quyidagicha taqsimlanadi: 50% bokschiga, 25% murabbiyga, 25% milliy federatsiyaga.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha mazkur turnirda hamyurtlarimiz Hasanboy Do‘smatov va Abdumalik Halokov ishtirok etishi ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!