Ibragimovichni qaerda "lo‘li" deb chaqirishgan?

  • 5 dekabr, 2019, 15:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvetsiyalik futbol yulduzi Zlatan Ibragimovich hozirgi kunda irqchilikka qarshi kurashish usullari foydasiz ekanligini aytdi.

Tecno

“Irqchilik yo‘q” deb yozilgan futbolkalarda yurish va shu yozuv tushirilgan bayroqlarni hilpiratish yaxshi, ammo foydasiz. Futbol klublaridan ochko olib qo‘yilsa yoki diskvalifikatsiya qilinsa yaxshi bo‘lar edi. Jiddiy qarorlar chiqarilmagunicha odamlar hech narsani tushunishmaydi. Men Italiyada o‘ynab yurgan paytlarim “lo‘li” deb baqirishgan. Bu ham irqchilik. Garchi stadion tashqarisida men bilan suratga tushishni xohlashsada va maqtashsada”, - deydi Ibragimovich.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich 31 dekabr kuni erkin agentga aylanadi va u katta ehtimol bilan yana Italiyaga qaytishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!