Igor Sergeev eng yaxshi to‘purarga aylana oladimi?
Sergeev hisobida oliy ligada urilgan gollar soni 89taga etdi.
Shu tariqa u "Paxtakor" tarkibida yuqori ligada eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ikkinchi o‘rinda turgan Igor Shkvirin hisobida 91 gol mavjud. Demak, yana uch gol urgan taqdirda Sergeev bu ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi.
Eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Gennadiy Krasnitskiy hisoblanadi. U yuqori liga o‘yinlarida 102 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan. Keyingi pog‘onada joylashgan Igor Shkvirin 66 golini O‘zbekiston, 25 to‘pini esa SSSR chempionati oliy ligasida kiritgan. Sergeevdan so‘ng Birodar Abduraimov 87, Anvar Soliev 86 gol muallifi bo‘lgan. Zayniddin Tojiev 71, "Paxtakor"da ikkinchi yoshligini boshdan kechirgan Andrey Yakubik 70 gol urishga erishgan.
Kuchli o‘nlikdan Aleksandr Geynrix, Server Jeparov va Dilmurod Nazarov ham o‘rin olgan.
"Paxtakor"ning chempionatlar yuqori ligasidagi eng yaxshi to‘purarlari
Gennadiy Krasnitskiy 102
Igor Shkvirin 91
Igor Sergeev 89
Birodar Abduraimov 87
Anvar Soliev 86
Zayniddin Tojiev 71
Andrey Yakubik 70
Aleksandr Geynrix 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56

Fikrlar