Igor Sergeev "Patxum Yunayted"ga ko‘chib o‘tadi, shartnoma shartlari ma’lum

  • 5 iyun, 2023, 15:10
  • Javokhir Azimov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Igor Sergeev Qozog‘iston Premer ligasi vakili "Tobol" bilan shartnomasini bekor qilgani haqida xabar bergandik.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, mahoratli hujumchimiz Tailandning "Patxum Yunayted" klubi safiga borib qo‘shiladi. Tomonlar 1+1 ko‘rinishidagi bitimga imzo chekadi. Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan, faqatgina hujjatlarga imzo qo‘yilsa bo‘lgani.

Ma’lumot uchun, Sergeev 2021 yilning iyul oyidan beri kostanayliklar sharafini himoya qilib kelayotgandi. 30 yoshli strayker klub libosida 66 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 27 gol hamda 5 assistni yozdirib qo‘ygan.

"Patxum Yunayted" Tailand chempionati yakunlangan mavsumida 41 ochko bilan 9-o‘rinni band etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
05/06/2023 15:51
Эссиз....
Хар холда уефа таснифидаги жамоада уйнаётганди...
Еврокубок турнирларида гол ураётганди....
Ха пул улсина....
Минг афсус....
&
Пахтакор78
05/06/2023 18:54
Ха футболчиларнинг футболдаги умри киска, калта уйлабти, жа бумаса узбекистонга кайтса бумасмиди
Dolche& Gabana
05/06/2023 15:44
Шуям узини питболчиман деб хисоблайдида а энди бухорода тугри айтувди узи игор бабаян деб шу итаян отаси бумаганида бу чириб йуколиб кетарди
Ikrom Xasanov
05/06/2023 15:13
MTJga yaqinlashmasin endi