
Iguainga Frantsiya chempionatidan taklif tushmoqda
Yozda “Yuventus”dan ketishi aytilayotgan hujumchi Gonsalo Iguainga Frantsiya chempionatidan taklif bo‘lmoqda.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli argentinalik forvardga “Monako” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda monakoliklar bu borada allaqachon Turin super klubiga o‘z takliflarini yuborishgan.
Ma’lumot uchun, Iguain yakunlangan mavsum “Yuventus” safida jami 50ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 23ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Iguainga Londonning “Chelsi” klubidan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar