Ikardining ortidan Nainggolan ham "Inter" qarorgohini tark etdi
Milanning “Inter” klubi ayni damda Shveytsariyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari olib borayotganidan xabaringiz bor.
Bundan avvalroq hujumchi Mauro Ikardi “neradzurrilar” qarorgohini tark etgan edi. Uning ortidan esa belgiyalik yarim himoyachi Raja Nainggolan ham milanliklar safini tark etdi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Nainggolan ham xuddi Ikardi singari mavsumga yakka tartibda tayyorlanmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Inter” prezidenti yuqorida nomlari tilga olingan ikki futbolchi jamoa rejalariga kirmasligini aytgan edi. Biroq, Ikardi “Inter”dan ketmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, “Inter” Nainggolanni bundan bir yil muqaddam “Roma”dan 38 mln evro evaziga sotib olgan edi. 31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum 36ta o‘yinda ishtirok etdi va 7ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.



Fikrlar