Ikki chempion bir futbolchini talashyapti
Germaniyaning «Shtutgart» jamoasi yarim himoyachisi Anjelo Shtiller bir vaqtning o‘zida Yevropaning bir nechta yetakchi klublar diqqat markazida turibdi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga Kataloniyaning «Barselona», Turinining «Yuventus», Londonning «Arsenal» va Leverkuzenning «Bayer» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Skautlar Shtillernig o‘yinini Norvegiyaning «Viking» jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turidagi bahsda (3:1) batafsil kuzatgan.
Yarim himoyachining ehtimoliy transfer bahosi taxminan 45 million yevro atrofida baholanmoqda. Anjelo Shtiller bilan «Shtutgart» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar