
Ikki grossmeysterimiz Londondagi superturnirda qatnashadi. Raqiblar orasida jahon chempionlari va 9 yoshli qiz bor!
Buyuk Britaniyaning London shahri shaxmat bo‘yicha “WR Chess Masters Cup‑2024” superturniri boshlanmoqda.
Unda yurtimiz sharafini grossmeysetrlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov himoya qiladi.
Ushbu musobaqada 15-jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Anand va FIDE yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bolgariyalik Velesin Topalov ham dona suradi.
Shuningdek, London turnirida hindistonlik Arjun Erigaysi, Rameshbabu Pragnanandxa, Vidit Santosh Gudjrati, Raunak Sadxvani, frantsiyalik Alirizo Firuzdja, Maksim Vashe‑Lagrav, polshalik Yan‑Kshishtof Duda, shveytsariyalik Aleksandra Kostenyuk, moldovalik Bologan, britaniyalik Shreyas Royal va 9 yoshli Bodxana Shivanandan ishtirok etadi.
Musobaqa 14-18 oktyabr kunlari bo‘ladi.
Fikrlar