Ikki rus go‘zal tennischisi chorak finalda o‘ynaydi
Rossiyalik Darya Kasatkina "Dubai Duty Free Tennis Championships - 2018" turnirining ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Darya ushbu bosqichda britaniyalik Yoxanne Kontega qarshi kortga chiqdi. U birinchi setni 4:6 hisobida boy berib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi setda tay-brekda, uchinchi setda esa 6:2 hisobida zafar quchdi.
Endi musobaqaning chorak finalida Kasatkina va yana bir rus tennischisi Elena Vesnina o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar