
Ikrom Aliboev "realchilar"ga tasalli berdi!
La Liga 11-turidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda kataloniyaliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Janubiy Koreyaning "Sonnam" jamoasida harakat qiluvchi hamyurtimiz Ikrom Aliboev ushbu o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Mening "realchi" akalarim, siqilmanglar, hammasi o‘tib ketadi. 15 EChL yutganmiz, deya kelmanglar, hozir bilan yashanglar", - dedi Aliboev o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli legionerimiz joriy mavsum K-2 Ligada 17 bahsda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar