Ilhom Hamroev: "Maqsadimiz o‘zgarmagan, bu safar ham faqat chempionlik uchun kurashamiz"

CHERY AUTO

Ertadan boshlab futzal bo‘yicha mamlakat kubogi bahslari boshlanadi. Dastlabki uchrashuvlarga Farg‘onadagi "Samo" sport majmuasi mezbonlik qiladi. 

Tecno

O‘zbekiston kubogi bellashuvlari startidan avval tajribali futzalchi, "Oil Star" jamoasi a’zosi Ilhom Hamroev o‘z fikrlarini bildirdi. 

O‘zbekiston kubogiga tayyorgarlik va jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa haqida 

Kubok bahslariga Buxoroda tayyorgarlik ko‘rdik. Barchasi ko‘ngildagidek o‘tdi. Jamoamizning maqsadi o‘zgarmagan, bu safar ham faqat chempionlik uchun bahs olib boramiz. 

Guruhdagi raqiblar haqida... 

Guruhimizga yaxshi jamoalar to‘plandi. Ularning kuchini yaxshi bilamiz. Har qanday raqibni hurmat qilamiz, lekin maydonga g‘alabani uchun chiqamiz. 

Kubokning yangi formati haqida..

Shaxsan menga bu format juda ma’qul. O‘yinlar soni ko‘proq bo‘lishi sportchilarning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va tajriba orttirishiga xizmat qiladi. Qolaversa muxlislarga ham o‘yin ko‘p bo‘lishi yoqadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!