Iliya Topuriya Islom Maxachевni bo‘g‘ib qo‘yadimi?

  • 25.04.2026 13:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Taniqli murabbiy Xavier Mendez engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya va rossiyalik Islom Maxachev oʻrtasidagi jang haqida gapirdi.

"Topuriya Islomni boʻgʻib qoʻyadimi?! Hamma narsa boʻlishi mumkin, chunki bu MMA. Lekin faqat greppling haqida gap ketsa, menimcha, bu ehtimoldan yiroq. Toʻgʻri, Iliya dahshatli natijalar qayd etyapti. Biroq u Maxachevni boʻgʻib qoʻyishiga ishonish qiyin", - dedi murabbiy. 

Eslatib oʻtamiz, Topuriya keyingi jangini 14 iyun kuni Oq Uyda Justin Getjiga qarshi oʻtkazadi. Maxachev esa yozda oktagonga qaytishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!