Iliya Topuriya: "Men vabankka boraman"
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi bahs haqida gapirdi.
"Jangning birinchi soniyalaridanoq Charlz tezligim va kuchimni his qiladi. Uni dastlabki ikki-uch daqiqadayoq mag‘lub etishni rejalashtirganman. Oliveyra MMA da ajoyib yutuqlarga erishdi. Uni inson sifatida ham, jangchi sifatida ham hurmat qilaman. Biroq oktagonda bu hurmat biroz chetga o‘tib turadi!” — deb Topuriyaning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow" portali.
Eslatib o‘tamiz, Oliveyra va Iliya qarama-qarshiligi 29 iyun kuni "UFC 317" turnirida o‘tkaziladi.



Fikrlar