Iliya Topuriya: "Messiga o‘xshashni xohlayman, Ronalduga emas"

  • 7 iyul, 14:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC yulduzi, 28 yoshli Iliya Topuriya Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi kabi bo‘lishni va afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan bilan uchrashishni xohlamoqda.

Tecno

"Messi kabi bo‘lishni istayman. U afsonaviy bo‘lishdan tashqari, ajoyib inson ham. Lionelning har doim xotirjamligiga qoyil qolaman. Uning izidan borishga harakat qilyapman. Bu odam barchani hayratlanarli darajada ilhomlantira oladi. Men uchrashishni istagan ikkinchi igson esa Maykl Jordan. Unda ham Messidagi kabi ko‘plab hislatlar mavjud” - deya Topuriyaning so‘zlarini keltirdi "AS".

Ma’lumot uchun, Topuriya "qaymoqranglilar" afsonasi Krishtianu Ronaldu bilan yaxshi munosabatga ega emas. Avvalroq portugaliyaliklar Iliyani “takabbur” deb atagandi ham.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!