
Iliya Topuriya va Islom Maxachev qachon jang qiladi? Dana Uayt bu savolga javob berdi
Avvalroq, Ispaniya telekanallari Iliya Topuriyaning navbatdagi raqibi Islom Maxachev yoki Charlz Oliveyra bo‘lishini aytib o‘tgandi.
UFC prezidenti Dana Uayt esa "UFC 315" turniri oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Belal Muhammadning Jek Della Maddalena bilan jang natijasi Topuriyaning navbatdagi raqibini aniqlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
Ya’ni Maxachev va Belalning bir-biriga nisbatan iliq munosabati ular o‘rtasidagi potentsial jang ehtimolini kamaytiradi. Agar Della Maddalena Belalni mag‘lub eta olsa, hozirda engil vazn toifasida chempion bo‘lib turgan Islom unga qarshi kurashish uchun yarim o‘rta vaznga ko‘tarilishi mumkin. Bunday stsenariy Oliveyrani Iliya uchun raqib sifatida qoldiradi.
Agar Muhammad o‘z unvonini saqlab qolsa, Maxachev va Topuriya o‘rtasidagi jangni tashkil qilish imkoniyati ortadi.
Fikrlar