
Iliya Topuriya: "Vazn toifasidan qat’i nazar, UFC ning eng yaxshi jangchisi – boksning eng yaxshi jangchisiga qarshi chiqadi"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya unga nisbatan hurmatsizlarcha gapirgan amerikalik Terens Kroufordga keskin javob qaytardi.
"Sen o‘zingni MMA muxlisi deb aytding, lekin hatto men kimligimni ham bilmaysan… Juda qiziq. Bizning birinchi uchrashuvimizda menga: “Oldindagi jangda omad tilayman” deganding. Esing susaygan… tez orada iyaging ham shunday bo‘ladi. Men sen bilan jangda butun MMA hamjamiyati nomidan chiqaman. Vazn toifasidan qat’i nazar, haqiqiy jangda UFC ning eng yaxshi jangchisi – boksning eng yaxshi jangchisiga qarshi chiqadi", - dedi Topuriya.
Fikrlar