
Ilyos Qurbonov: "Jamoamizda ruhiy tarafdan qo‘rquv bor"
“Metallurg” klubi Toshkentda “Surxon”ga qarshi bir futbolchi ko‘p bo‘lib o‘ynab turgan holatida 1:0 hisobida oldinda edi. Ammo bahs oxirlarida ikkita gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin “Metallurg”ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Ilyos Qurbonov ayrim savollarga javob berdi.
- Birinchi bo‘lib gol urib oldik. Raqibni qanday o‘yin ko‘rsatishini bilardik. Hujumkor futbol va intensiv o‘ynaydi. Reja bo‘yicha ikkinchi raqam ostida va qarshi hujumlarda to‘p surish edi. Birinchi taymda bizda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi. Afsuski, sifat etishmadi. Shunga qaramay, biz oldinga chiqib oldik. Tanaffus paytida yigitlarga to‘pni ko‘proq nazorat qilish, raqibni to‘psiz ko‘proq yugurtirish, tempni tushirish ko‘rsatmalari berildi. Lekin buni qilolmadik. Ikkinchi bo‘limda penaltidan gol o‘tkazdik. Jamoamizda ruhiy tarafdan qo‘rquv bor. Shuning uchun futbolchilar ishonchli o‘yin ko‘rsata olmayapti. Baribir ko‘proq xissiyotlarga berildim. O‘yinni qayta ko‘rib tahlil qilamiz. Kamchiliklar ko‘p, ishlash kerak.
- “Metallurg” tarkibi yaxshi va ancha muncha jamoalarnikidan-da, ajoyib ijrochilar yig‘ilgan. Lekin jamoani bu yil ko‘rsatayotgan o‘yini futbolchilarning darajasiga mos emas. Bugun ham ko‘rdikki, futbolchilar 1:0 dan keyin futbol o‘ynashni yig‘ishtirishdi. Mana shu holatda sifat etishmayotgani nima bilan bog‘liq?
- Sifat etishmayotganida to‘g‘ri aytyapsiz. Hamma yigitlar O‘zbekiston chempionatida o‘ynab kelayotgan mahoratli futbolchilar. Bundan oldingi 10 ta turdan 6 tasida durang o‘ynadik. Aynan oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yuboryapmiz, muvozanat yo‘qolyapti. Ruhiy tayyormaslik, qo‘rquv bo‘lyapti. Futbolchilar qo‘rqmasdan futbol o‘ynashga qo‘rqishyapti. Xatolar ko‘p, oddiy holatlarda to‘p yo‘qotyapmiz.
- Jismoniy tayyorgarlik ustida qanchalik ishlanmoqda? Chunki aytganingizdek, oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yuboryapti. Bugun ham ko‘rdik, jamoa oldinga o‘tishga kuch topa olmayapti.
- Futbolda ishonchsizlik, qo‘rquv bo‘lsa, pulsi tezroq uradi. 50 metrga 2-3 marta borib kelganidan keyin puls yanada tepaga ko‘tariladi va charchoq boshlanadi. Jamoamizda yoshi kattaroq futbolchilar ko‘p. “Surxon” jamoasida aksariyati yoshlar, tezkor o‘yinchilar o‘ynaydi. Menimcha, jamoamizda yoshi kattalar hisobiga tez charchashyapti. O‘ylaymanki, muvozanat yo‘qolyapti.
- Aytganingizdek, birinchi bo‘limda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi va gol ham urdinglar. Raqib qizil kartochka oldi. Ikkinchi bo‘limda yanada yaxshi o‘ynab ikkinchi golni urib raqibni engish mumkin edi. Birinchi bo‘limdagi “Metallurg”ni ko‘rmadim. Ochkoga o‘ynab oxirida ochkodan quruq qoldi.
- To‘g‘ri, bugun 3 ochkoni qo‘ldan boy berdik. Gol urganimizdan so‘ng birinchi bo‘limni o‘zida himoyachimiz birga-bir chiqdi, pas berishi kerak edi. Ikkinchi golni urganimizda o‘yinni hal qilgan bo‘lardik. Futbolda sen urmasang, senga urishadi, degan gap bor. Yigitlarda o‘ziga ishonch yo‘q. Raqib bir kishi kam, biz to‘pni nazorat qilish o‘rniga ularni to‘pni nazorat qilishdi. Ikkinchi gol urganimizda hammasi hal bo‘lardi. Oldingi chiziqda ham sifat etishmayapti.
Fikrlar