
Inesta: "Kelajakdagi ishim ham futbol bilan bog‘liq bo‘ladi"
Bir necha kun avval professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan Andres Inesta keyingi taqdiri haqida gapirdi.
- Endi to‘pning ortidan yugurishimga to‘g‘ri kelmasa-da, futboldagi yangi chaqiruvni yana sharaf bilan bajarishga tayyorman. Kelajagim ham futbol bilan bog‘liq bo‘ladi. Sababi, futbol – hayotim.
Faoliyatimni g‘amgin holda tugatyapman. Shunga qaramay, futbolchi bo‘lish orzumni amalga oshira olganimdan baxtiyorman, - deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi ispaniyalik sobiq futbolchi.
Fikrlar