
Inigo Martines: "Barselona" EChL finaliga yo‘l oladi"
Inigo Martinesning fikricha, "Barselona" o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga munosib edi.
Turnirning yarim finalida Kataloniya jamoasi ikki o‘yin yakuni bo‘yicha "Inter"ga engildi (3:4).
- Bu yarim final biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Biz nohaq engilganmiz va finalga chiqishga haqli edik.
Bunday imkoniyatni yana qo‘lga kiritish qiyin, ammo umid qilamizki, bu mavsumda shunday bo‘ladi, - dedi "An-Nasr" jamoasida to‘p tepayotgan "Barselona"ning sobiq himoyachisi Inigo Martinez.
Fikrlar