Inobatga olinmagan gol, o‘yindan tashqari holatlar, Abramovning e’tirozi - Toshkent derbisida yana nimalar ro‘y berdi? (Video)

  • 20 oktabr, 2020, 15:54
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 19-turida "Lokomotiv" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi. 

Tecno

Qiziqarli kechgan Toshkent derbisida ko‘plab e’tiborli holatlar kuzatildi. Bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. Ammo uchrashuv durang bilan ham yakunlanishi mumkin edi. Hakamlar oxirgi daqiqalarda "qaldirg‘ochlar" kiritgan golni inobatga olmadi. Natijada futbolchilar va Vadim Abramov referilarga e’tirozlarini bildirdi.

Shuningdek, Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan gol ham bahslarga sabab bo‘ldi. U darvozani ishg‘ol qilgan vaziyat aksariyat muxlislar tomonidan o‘yindan tashqari holat, deya baholangan.

Quyidagi videoni tomosha qilib, vaziyatlarga o‘zingiz baho bering:

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!