
Insayder: Jon Jons Tom Aspiinallga qarshi jangdan voz kechadi
Taniqli sharhlovchi Ariel Xelvani og‘ir vazn toifasida (120 kg) amaldagi UFC chempioni Jon Jons haqida ba’zi gaplarni aytib o‘tdi.
"Ehtimol sezmagan bo‘lishingiz mumkin, biroq men bu haqda anchadan buyon gapirib kelaman. Bir necha hafta ichida Jon Jons Tom Aspinallga qarshi bahsdan voz kechadi va UFC prezidenti Dana Uayt og‘ir vazn chempioni kamarni bo‘shatgani haqida rasman e’lon qiladi" - dedi Xelvani o‘zining You Tube kanalida.
Avvalroq, Jons ham faoliyatini tez orada yakunlashini ma’lum qilgandi.
Fikrlar