
"Inter" 2025 yildagi so‘nggi umiddan ham mahrum bo‘ldi
Kristian Kivu boshqaruvidagi "Inter" klubi 2025 yilda kubok yutishi mumkin bo‘lgan so‘nggi imkoniyatni ham boy berdi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida "Fluminense"ga qarshi kechgan bahsda "nerazurrilar" 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Joriy yilning 23 apreligacha milanliklar bir vaqtning o‘zida to‘rt turnirda chempionlik uchun kurashayotgandi. Biroq, ular avval Italiya kubogi yarim finalida "Milan"ga yutqazdi, so‘ngra A Seriyani ikkinchi o‘rinda yakunladi. Eng alamlisi esa — Chempionlar ligasi finalida PSJdan 0:5 hisobida mag‘lubiyat bo‘ldi.
Shuningdek, qishda bo‘lib o‘tgan Italiya Superkubogi finalida ham "Inter" yana "Milan"ga yutqazgan edi.
Fikrlar