"Inter" A Seriya rekordini o‘rnatdi
Italiya chempionatining 31-turida "Inter" safarda "Udineze" ustidan irodali g‘alabaga erishib, turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi.
Milanliklar chempionat boshidan beri ketma-ket 31-o‘yinda gol urdi. Bu esa Italiya A Seriyasidagi yangi rekorddir. Italiyada hech bir jamoa bu natijani qayd etmagan edi. Hozirda klub hisobida 75 ta gol mavjud.
Ma’lumot uchun, 3 va 4-o‘rinlarda borayotgan "Yuventus" va "Bolonya" klublari atigi 45 tadan gol urishgan. Chempionatning navbatdagi turida "Inter" klubi “Kalyari”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar