"Inter" bosh murabbiyi nega Milanni tarkibdan chetlatgani haqida gapirdi

  • 1 fevral, 2023, 12:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi himoyachi Milan Shkrinyarning holati haqida gapirdi.

Tecno

Bungacha jamoada muhim rol o‘ynagan markaziy himoyachi Italiya kubogi chorak finalida “Atalanta”ga (1:0) qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilmadi. Ma’lum bo‘lishicha, slovakiyalik futbolchi qishki transferlar oynasi yopilishi arafasida PSJga o‘tishi kutilayotgan edi. Ammo “neradzurrilar” uning o‘rniga munosib nomzod topolmagach, Milan shartnomasi yakuniga qadar, ya’ni 30 iyungacha “Inter”da qoladigan bo‘ldi.

“Men Shkrinyarni vaqtinchalik tarkibdan chetlashtirishga qaror qildim, ammo bizda u bilan hech qanday muammo yo‘q. U 30 iyungacha "Inter" futbolchisi bo‘lib qoladi, mashg‘ulotlarda bor kuchini beradi, chunki u professional. U keyingi o‘yinlarda maydonga tushadimi? Vaziyatga qarab o‘yin oldidan qaror qabul qilaman”, - dedi Indzagi Sportmediaset nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!