"Inter" yetakchisi bir oyga safdan chiqdi

  • 11.04.2026 12:53
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Inter" hujumchisi Lautaro Martinez jarohat sababli uzoq muddat jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqida jamoa rasmiy sahifasida ma'lum qildi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, argentinalik hujumchi A Seriyaning 31-turidan o'rin olgan "Roma"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan ma'lum bo'ldi. Tekshiruv natijalaridan so'ng forvardga chap oyog'ining kambalasimon mushagi shikastlanish tashxisi qo'yilgan. Shu sababli futbolchi 5 yoki 6 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. 

Ma'lumot uchun, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum "Inter" safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol kiritdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!