«Inter»ga Maguayrni taklif qilindi

  • 31.05.2026 00:29
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Agentlar «Milan»ning «Inter» jamoasiga «Manchester Yunayted» himoyachisi Garri Maguayrni taklif etgani xabar qilinmoqda. La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko‘ra, 33 yoshli angliyalik futbolchi 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma bilan klubga bog‘langan bo‘lsa-da, shu yozdayoq «Manchester»ni tark etishi mumkin.

Shu bilan birga, «neradzurri» Maguayrni himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor nomzod sifatida ko‘rmayapti. Klub e'tibori asosan «Udineze» tarkibida to‘p surayotgan Umar Sole bilan muzokaralarga qaratilgan. Milanliklar uni kelajagi bor, jamoaning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga mos futbolchi sifatida baholamoqda.

26 yoshli fransuz himoyachiga qiziqish ortishiga «Inter» tarkibini tark etishi mumkin bo‘lgan tajribali futbolchilar Fransesko Acherbi va Stefan de Vrey atrofidagi nomuayyanlik ham ta'sir ko‘rsatgan. Klub rahbariyati Sole bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Uning transfer bahosi taxminan 23 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!