
“Inter” himoyachisi PSJga o‘tishga rozi bo‘ldi
“Inter” futbolchisi Milan Shkrinyar PSJga o‘tishga yaqin turibdi. U klubi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi. Slovakiyalik mavsum yakunlangach Milan jamoasi bilan xayrlashib, Parijga yo‘l oladi. Bu haqda "L'Equipe" nashri nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Shkrinyar PSJ bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha og‘zaki kelishib olgan. U erkin agent sifatida Frantsiya klubiga borib qo‘shilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli pas bergan.
Fikrlar