
“Inter” himoyachisini 60 mln evroga sotishdan bosh tortdi
“Inter” jamoasi rahbariyati himoyachi Milan Shkrinyarni “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublariga sotishdan bosh tortdi. Bu haqda beIN Sports jurnalisti Tankredi Palmeri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, har ikki Manchester klubi slovakiyalik futbolchining transferi uchun 60 million evro to‘lashga tayyor edi, ammo “neradzurri” bu takliflarni rad etdi.
Joriy mavsumda Shkrinyar A Seriyaning barcha 38 o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. “Inter” mavsum yakunida 4-o‘rinni egalladi va kelasi mavsumda EChLda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar