"Inter" "Manchester Siti" xaridor bo‘layotgan futbolchisining narxini e’lon qildi

  • 07.06.2020 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" klubi himoyachisi Milan Shkrinyar faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 25 yoshli slovakiyalik futbolchiga “Manchester Siti” jiddiy xaridor bo‘lmoqda. "Neradzurrilar" esa “shaharliklar”ga ushbu futbolchi 80 million evrodan kamiga sotilmasligini ma’lum qilgan.

Milanga shuningdek "Barselona" va "Real"dan ham qiziqishlar mavjud.

Shkrinyar joriy mavsum “Inter” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1 ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!