"Inter Mayami" Evropadan yana yulduzga ko‘z tikdi

  • 03.08.2026 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Napoli» yarim himoyachisi Kevin de Bryone yaqin vaqtlarda o‘z faoliyatini AQSh chempionatida davom ettirishi mumkin. 35 yoshli belgilaylik futbolchiga jiddiy da’vogar sifatida «Inter Mayami» klubi tilga olinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikaliklar bir jamoada yulduzlardan iborat tarkib to‘plashni maqsad qilgan. Hozirning o‘zida klub safida Lionel Messi, Luis Suarez va Rodrigo de Paul kabi nomdor futbolchilar to‘p surayapti. Endi esa navbatdagi katta transfer sifatida de Bryone nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

Tajriba yarim himoyachiga «San-Diyego» va «Chikago Fayr» jamoalari ham qiziqish bildirgani aytilmoqda. 

Shunga qaramay, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish borasida asosiy da’vogar sifatida aynan «Inter Mayami» ko‘rilmoqda. O‘tgan mavsumda de Bryone «Napoli» tarkibida Italiya chempionatida 18 o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!