"Inter Mayami"ning etakchi futbolchilari jazolandi
"Inter Mayami"ning urugvaylik markaziy hujumchisi Luis Suares sportga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun qattiq jazolandi.
Florida jamoasi "Sietl Saunders"ga 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragan Ligalar kubogi finali tugaganidan so‘ng, mashhur hujumchi raqib jamoa vakillaridan biriga tupurdi. Biroz vaqt o‘tgach, Luis o‘z xatti-harakati uchun uzr so‘radi, biroq bu uni jazodan qutqara olmadi.
Urugvaylik futbolchi olti o‘yinga chetlatildi. Shuningdek, yarim himoyachi Serxio Buskets ham Ligalar kubogi doirasida ikki o‘yinga chetlatilganini ta’kidlash joiz. Ispaniyalik jamoalar o‘rtasidagi ommaviy to‘qnashuvda ishtirok etgan edi.



Fikrlar