
"Inter" muxlislari xavotirda
"Inter" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar haligacha jamoa bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi.
27 yoshli clovakiyalikning milanliklar bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyida tugaydi va hozirda unga boshqa klublardan qiziqish kuchaymoqda.
Jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, "neradzurri" muxlislari "Shkrinyar – bizning sardorimiz, u qolishi kerak",- degan bannerni "Juzeppe Meatstsa"ga osib qo‘yib, klubdan mudofaa etakchisi bilan yangi shartnoma tuzishni talab qilgan.
Avvalroq, OAVda agar "Inter" jamoa sardori borasida biror qarorga kela olmasa, yaqin haftalarda futbolchi bilan muzokaralarni to‘xtatishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar