
"Inter" Shkrinyarni qanchaga sotishi ma’lum bo‘ldi
Milanning “Inter” klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Milan Shkrinyarni tarkibda saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 23 yoshli slovakiyalik futbolchini sotmoqchi emas va shu bois ham ular futbolchi uchun o‘ta yuqori narx belgilashgan. Aniqrog‘i, “Inter” Shkrinyar borasidagi 80 mln evrodan yuqori bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqadi. Aytish lozimki, ushbu futbolchi bir qator ingliz klublarining qiziqishlar doirasiga kirib qolgan.
Ma’lumot uchun, Shkrinyar joriy mavsum A Seriyada jami 26ta uchrashuvda ishtirok etgan va himoyachi bo‘lishiga qaramay raqiblari darvozasiga 4ta gol urishga erishgan.
Fikrlar