"Inter" Shkrinyarning transferi bo‘yicha "Tottenxem"ning taklifini rad etdi

  • 28 sentabr, 2020, 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarni sotib olishga urinmoqda.

Tecno

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "shporlar" slovakiyalik futbolchi uchun 35 million evrodan ko‘p to‘lay olmaydi. “Neradzurrilar”ni esa, bu taklif qanoatlantirmayapti. Ular Shkrinyar uchun 60 mln evro yoki 50 mln evro va bonuslar so‘ramoqda.

25 yoshli Shkrinyar “Inter” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 128 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!