"Inter" turkiyalik futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolashga urinib ko‘radi
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni tez orada boshlamoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Chalxanoglu va "neradzurrilar" o‘rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Turkiyalik futbolchi "Juzeppe Meatsa"ga 2021 yilning yozida "Milan" klubidan tekinga kelib qo‘shilgandi. Futbolchi shundan so‘ng jamoa bilan Italiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, fevralda 29 yoshga to‘ladigan futbolchi joriy mavsum A Seriyada 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga amalga oshirdi.

Fikrlar