"Inter" yulduzi "Barselona"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

  • 18.12.2025 20:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" himoyachi Alessandro Bastoni "Barselona"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Mening transferim haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lsa, xursand bo‘laman.Chunki bu meni yaxshi himoyachi ekanligimni ko‘rsatadi. Ammo hozircha bunday gap-so‘zlar yo‘q. Men "Inter"da baxtliman va bu erda hech qanday muammo yo‘q. Hatto yangiliklarga e’tibor ham bermayman", - dedi italiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli himoyachi joriy mavsum Italiya klubi safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!