"Inter"da 2 ta jiddiy yo‘qotish bor. A Seriyaning navbatdagi uchrashuvida Konte jamoani maydonga olib chiqmaydi
Italiya A Seriyasi tartib-intizom qo‘mitasi chempionatning so‘nggi o‘yinlarida yuz bergan holatlar bo‘yicha o‘z qarorlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Sassuolo”ga qarshi o‘yinda ikkita sariq kartochka bilan maydonni tark etgan va hakamga e’tiroz bildirgani uchun “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyar 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Slovakiyalik futbolchiga shuningdek, 10 ming evro miqdorida jarima ham qo‘llanildi.
Bundan tashqari, “Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte “Sassuolo”ga qarshi o‘yinda o‘zining mavsumdagi 5-sariq kartochkasini oldi. Shu sababli endi u “Parma”ga qarshi bellashuvda ishtirok etolmaydi.
Fikrlar