"Inter"ni chempion qilgan mashhur italiyalik murabbiy vafot etdi

  • 22.05.2020 18:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik mashhur murabbiyi Luiji Simoni 81 yoshida vafot etdi.  Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Simoni o‘tgan yil yurak hurujini boshdan kechirgan edi. Shundan buyon u o‘z sog‘ligi uchun kurashdi, ammo yakunda kasallik uni bu dunyodan olib ketdi.

Simoni futbolchi sifatida «Mantova», «Napoli», «Torino», «Yuventus», «Breshiya» va «Jenoa» klublarida o‘ynagan. Murabbiy sifatida esa «Napoli» va «Inter»da faoliyat olib borgan. 1998 yilda esa “Inter” bilan UEFA kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!