Iraola kelib, "Liverpul" g'alabani unutdi

  • 29.08.2026 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» yangi bosh murabbiy Andoni Iraola qo‘l ostidagi ilk ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozona olmadi.

43 yoshli bask mutaxassis yozgi tanaffus paytida jamoani qabul qilib olgan, u klubni tark etgan Arne Slot o‘rnini egalladi. Angliya premer-ligasining 1-turida «qizillar» safarda «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushib, dramatik o‘yinda durang qayd etdi – 2:2. «Liverpool» hisobni 99-daqiqada penaltiidan urilgan gol evaziga tenglashtirdi.

2-turda esa «Liverpool» o‘z maydonida «Nottingem Forest»ni qabul qildi va yana g‘alabaga erisholmadi – 2:2. Mezbonlar ikki marta hisobda ortda qolishdi va har ikki safar hisobni tiklashga majbur bo‘lishdi. 82-daqiqada ispaniyalik Viktor Munyosning goli jamoaga durangni saqlab qolish imkonini berdi. Bu gol futbolchining klub safidagi ilk goli sifatida qayd etildi.

4 sentabr kuni «Liverpool» navbatdagi turda safarda «Ipsvich»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!