
Irji Proxazka "UFC 317" turnirida ishtirok etmasligining noodatiy sababini aytib o‘tdi
Chexiyalik MMA ustasi Irji Proxazka "UFC 317" musobaqasida nima uchun ishtirok etmasligini aytdi.
"Menga Las-Vegasdagi turnirda jang o‘tkazishni taklif qilishgan edi, biroq universitet imtihonlari tufayli buni rad etdim. Chunki aynan shu narsa men uchun aktual" - dedi Proxazka.
Ma’lumot uchun, Irji Brno shahridagi Masarikov universitetining "Xavfsizlik va strategik tadqiqotlar dasturi" yo‘nalishida tahsil oladi.
Fikrlar