Isak Ispaniya klubi bazasida mashg‘ulot o‘tkazmoqda

  • 31 iyul, 15:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak tez orada "Liverpul"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar fonida Ispaniyaning "Real Sosedad" klubida individual dastur bo‘yicha shug‘ullanmoqda, deb yozadi Sky Sports X ijtimoiy tarmog‘ida.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isak "Nyukasl" mashg‘ulotlarida ko‘rinish bermagani va aloqaga chiqmay qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq "Liverpul" hujumchi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgani ma’lum bo‘ldi.

Hujumchi 2024/2025 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 120 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!